Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda avtomobilga o‘rnatilgan gaz balloni portlashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
Bugun, 22 aprel kuni soat 07:07larda Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani, “Istiqlol” MFYda joylashgan avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida “Neksiya-1” rusumli avtomobilga o‘rnatilgan gaz balloni portlashi yuz bergan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, buning oqibatida bir nafar fuqaro halok bo‘lgan hamda shoxobchaning bir nafar ishchisi tan jarohati olgan. Jabrlangan ishchi Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazining Qashqadaryo filialiga yotqizilgan.


Ayni vaqtda, viloyat IIB, FVB, SSB va prokuratura xodimlari tomonidan holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:02 / 23.05.2025
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi
13:37 / 07.05.2025
Yevropa komissiyasi Rossiya gazidan voz kechish rejasini taqdim etdi
13:48 / 06.05.2025
Yevropa Ittifoqi 2027 yil oxirida Rossiyadan barcha gaz importini taqiqlamoqchi
15:20 / 01.05.2025