«Royal Flight» O‘zbekistonga muntazam qatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi
Rossiyaning "Royal Flight" aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam qatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari o‘rtasida tuzilgan havo qatnovi to‘g‘risidagi bitim asosida "O‘zaviatsiya" agentligi tomonidan Rossiyaning "Royal Flight" aviakompaniyasiga 2021 yil 21 aprelda O‘zbekistonga Moskva – Andijon - Moskva yo‘nalishida muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun ekspluatatsion ruxsatnoma berildi.
Qayd etilishicha, ushbu aviakompaniya parvozlarni Boeing 757-200 havo kemasida amalga oshiradi.
Bundan oldin, Kuvaytning Jazeera Airways aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam qatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma olgandi.
Mavzuga oid

08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi

17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi

14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi

13:00 / 12.05.2025