O‘zbekiston | 08:51 / 23.04.2021
6445
2 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda «folbin» ayol firibgarlik jinoyati bilan ushlandi

Buxoro shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilgan 1989 yilda tug‘ilgan T.Sh. ismli erkak, shaharning Jo‘ybor ko‘chasida yashovchi 1988 yilda tug‘ilgan H.S. ismli ayol firibgarlik yo‘li bilan pulini olib ketgani haqida ma'lum qilgan.

Buxoro viloyati IIB xabariga ko‘ra, H.S. o‘zini «folbin» deb tanishtirib, T.Sh.ning yo‘llari duo qilish yo‘li bilan bog‘langanligini, agarda u aytgan pullarni bersa bog‘langan yo‘llarini ochib berishini va'da qilgan. So‘ngra turli to‘qilgan yolg‘onlarga T.Sh.ni ishontirib, uning 3 000 AQSh dollari miqdorida pullarini qo‘lga kiritgan.

Buxoro shahar IIB tomonidan mazkur firibgarlik jinoyatini sodir qilganlikda ayblanayotgan ayolning qilmishlari fosh qilindi. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid