Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OTM va pedagog kadrlar salohiyati xorijiy jurnallarda chiqarilgan maqola bilan o‘lchanadi. Dars sifati-chi?
Kecha, 23 aprel kuni AOKA majlislar zalida oliy ta'lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Tadbirda aytilishicha, bugungi kunda oliy ta'lim muassasalari huzurida pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish 4ta mintaqaviy, 17ta tarmoq hamda vazirlik huzurida ilmiy-metodik markazda olib borilyapti.
Tizimda 2019 yildan malaka oshirishning bevosita va kasbiy faoliyatga aloqador bilvosita shakllarini variativ va bir-birini to‘ldirish asosida rahbar va pedagog kadrlarning uzluksiz malaka oshirish tizimi joriy qilindi.
Rahbar va pedagog kadrlarning uzluksiz malakasini oshirish tizimi esa:
- mutaxassislik bo‘yicha mustaqil malaka oshirish;
- muqobil malaka oshirish;
- ta'lim dasturlari asosida ixtisoslashtirilgan qayta tayyorlash va malaka oshirish muassasalarida bevosita o‘qish shakllarini o‘z ichiga oladi.
Shuningdek, rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarida ishdan ajragan holda to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘qish umumiy davomiyligi 288 soatdan (2 oydan) 144 soatga (1 oyga) kamaytirilgan.
Oxirgi o‘zgarishlardan biri sifatida tinglovchilar bilimini baholash tizimi to‘liq raqamlashtirildi, inson omili aralashuvi to‘xtatildi.
Matbuot anjumani davomida vazirlik mulozimlariga hozir OTM va pedagog kadrlar salohiyatini baholashda ko‘proq xorijiy jurnallarda maqola chiqarganiga e'tibor qaratilayotgani, dars sifati masalasi esa e'tibordan chetda qolayotgani borasida savol bilan murojaat qilindi.
Savolga vazirlik boshqarma boshlig‘i Faxriddin Esonboboyev javob berdi.
Unga ko‘ra, hozirda oliy ta'lim muassasalaridagi professor-o‘qituvchilarning reytingdan tashqari 3 yillik faoliyati ham vazirlik tomonidan nazorat qilib borilmoqda.
«Avvallari OTMlarda 1540 soat degan tushuncha bo‘lardi (avvalgi tizim bo‘yicha, o‘qituvchiga 1540 soatlik yuklama berilgan. Bu yuklama o‘z ichiga dars soatlari, ilmiy ish, amaliyot, ilmiy maqola yozish, kuratorlik kabi vazifalarni olardi – tahr).
Hozir OTV Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan qo‘shma qaror chiqardi va 1540 soat degan tushunchani yo‘qotdik. Uning endilikda faqat o‘quv faoliyati bo‘yicha ballari nazorat qilib boriladi.
Avvalgi tizim bo‘yicha 1540 soat uchun har bir professor-o‘qituvchining vaqti band qilingan edi.
Endilikda o‘qituvchining faqat o‘quv soati bo‘yicha nazorat olib boriladi. Ular qolgan bo‘sh vaqtini maqola yozish, xorijiy davlatlarga chiqish yoki talabalarini tayyorlash uchun ishlatishi mumkin», – deya boshqarma boshlig‘i so‘zlarini keltirdi Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
17:10 / 02.05.2025
“Jahldor o‘qituvchi” - Samarqandda pedagog bolalarga o‘ta qo‘pol munosabatda bo‘ldi
13:51 / 30.04.2025
Zo‘ravonlik sodir etishga moyil bo‘lgan pedagog xodimlar ro‘yxati shakllantiriladi
15:41 / 28.04.2025
Bahorgi attestatsiyadan boshlab ayrim pedagoglarga 70 foizlik ustama to‘lanadi
13:35 / 03.03.2025