Prezident videoselektor yig‘ilishida O‘zbekiston va Yozyovon tumanlari tanqid qilindi

Foto: Prezident matbuot xizmati
Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston va Yozyovon tumanlari xizmatlar ko‘rsatish sohasida eng past natijani qayd etgan. Qo‘qon bu borada yetakchi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida ma'lum qildi.
Ta'kidlanishicha, o‘tgan yili tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida xizmat sohasiga 1 trillion so‘m imtiyozli kredit resurslari ajratilgani qayd etilgan. Bundan tashqari, tijorat banklari o‘z mablag‘lari hisobidan sohaga qo‘shimcha yana 14 trillion so‘m kreditlar ajratgan.
"Qaysi hudud, shahar va tumanlar ushbu imkoniyatlardan samarali foydalangan bo‘lsa, o‘z natijasini berdi. Jumladan, Qo‘qon va Shirin shaharlari, Karmana tumanida aholi jon boshiga umumiy xizmatlar hajmi 6,5 million so‘mni tashkil etib, respublika ko‘rsatkichidan yuqori bo‘ldi (6,4 million so‘m).
Lekin, 26 ta hudud, xususan, Beruniy, Shumanay, Chiroqchi, Qamashi, Guliston, Xovos, Oltinsoy, Qumqo‘rg‘on, O‘zbekiston, Yozyovon tumanlarida bu ko‘rsatkich ancha past (2 million so‘mdan kam)", - dedi Sh.Mirziyoyev.
Prezident shuningdek, har bir viloyat hokimi sohadagi ahvol va mutasaddi rahbarlarning mas'uliyatini o‘z hududidagi selektor yig‘ilishlarida tanqidiy muhokama qilishi, 27 nafar rahbarlar lavozimidan olinganligini, 54 nafariga intizomiy jazo berilganligini aytib o‘tdi.
"Shundayam viloyat hokimlari vaziyatni silliqqina o‘tkazyapti, vaziyat shunday davom etsa, hokimlarni o‘zim ishdan olaman», - deya ta'kidlagan Sh.Mirziyoyev
Mavzuga oid

12:07 / 11.04.2025
Turizm sohasida yangi vazifalar belgilandi. Avvalgi topshiriqlar ijrosi qoniqarlimi?

16:37 / 09.04.2025
Prezident zamonaviy turizm marshrutlarini tashkil etish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi

15:48 / 09.04.2025
«Sayyohlar yo‘llar ahvolidan norozi» - mutasaddilarga «turizm halqasi»ga kirgan yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha ishlarni boshlash topshirildi

11:20 / 25.02.2025