Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan 17 yoshli yigit «Neksiya»da yuk avtomobiliga urildi
Poytaxtda haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan 17 yoshli yigit "Nexia" boshqarib borayotib yuk avtomobiliga urildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar berdi.
Joriy yilning 22 aprel kuni soat 21:00larda, Toshkent shahar, Sergeli tumani, THAY ko‘chasida 2004 yilda tug‘ilgan fuqaro S.A. (haydovchilik guvohnomasi olmagan) "Nexia" rusumli avtomobilni boshqarayotib, o‘zidan oldinda yo‘lning o‘ng chetida to‘xtab turgan, haydovchi, 1994 yilda tug‘ilgan B.Q. boshqaruvida bo‘lgan "DAF" rusumli yuk avtomobili orqa tomoniga urilgan.
Natijada, "Nexia" rusumli avtomobil haydovchisi S.A. va ushbu avtomobil yo‘lovchisi A.R. tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YTH TB tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
“Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga rioya qilishni, ota-onalardan haydovchilik guvohnomasi olmagan farzandlariga avtotransport vositasini boshqarishiga ruxsat bermaslikni so‘raymiz”, deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
20:21 / 24.05.2025
«So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlarida avtomobil boshqargan o‘quvchilar aniqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
18:17 / 19.05.2025