O‘zbekiston | 10:00 / 24.04.2021
2329
2 daqiqa o‘qiladi

Namangan viloyatida o‘tkazilgan sayyor qabullar davomida 5 nafar shaxs muddatidan oldin shartli ozod qilindi

Foto: KUN.UZ

Fuqarolarning sud-huquq sohasidagi murojaatlariga samarali yechim topish uchun yanada qulay sharoit yaratish maqsadida Namangan viloyat sudi raisi Abdurasul Eranov va viloyat ma'muriy sudi raisi Salohiddin Tursunov boshchiligida jinoyat, fuqarolik va iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay'atlari sudyalari, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) va fuqarolik va iqtisodiy ishlar bo‘yicha tumanlararo sudlar raislari, sudyalari tomonidan Namangan viloyatining Mingbuloq, Namangan, Norin tumanlarida sayyor qabul o‘tkazildi.

O‘tkazilgan sayyor qabullarda 15 ta jinoyat, 12 ta fuqarolik, 6 iqtisodiy, 8 ta ommaviy huquqiy munosabatlarga doir ishlar bo‘yicha ma'muriy sudlarga oid masalalarda jami 41 nafar fuqaro murojaati qabul qilindi. 

Murojaatlarning adolatli, qonuniy yechimini ta'minlash uchun tumandagi tegishli sud raislari va sudyalarga aniq topshiriqlar berildi.

Qabul jarayonida Jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan sud tomonidan tayinlangan axloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash va muayyan huquqdan mahrum qilish jazolarini o‘tash davrida o‘zining jinoiy qilmishlarini anglab yetgan, tuzalish yo‘liga qat'iy o‘tgan va mehnatga halol munosabatda bo‘lgan 5 nafar shaxs jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi.

Mavzuga oid