Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda «Neksiya» va «Damas» ishtirokidagi «avariya»da ikki kishi vafot etdi
Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida ikkita mashinaning o‘zaro to‘qnashishi oqibatida ikki kishi vafot etgan. Yana ikki kishi og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 13 aprel kuni soat taxminan 18:30larda davlat ahamiyatidagi 4R79 Qarshi—Shahrisabz avtomobil yo‘lining Qamashi tumani Chim qishlog‘idan o‘tgan 34-kilometrida «Neksiya» va «Damas» ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Natijada «Neksiya» haydovchisi hodisa joyida, yana bir fuqaro ko‘rsatilgan tez tibbiy yordamga qaramasdan shifoxonada vafot etgan. Yana ikki yo‘lovchi esa og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Qayd etilishicha, mazkur hodisa yuzasidan Qamashi tuman IIB Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
20:21 / 24.05.2025
«So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlarida avtomobil boshqargan o‘quvchilar aniqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
18:17 / 19.05.2025