O‘zbekiston | 08:15 / 24.04.2021
3034
2 daqiqa o‘qiladi

Tojikiston va Qirg‘iziston delegatsiyalari Qo‘qon shahriga tashrif buyurdi

Farg‘ona viloyatida “Chegaraoldi hududlar integratsiyalashuvi – rivojlanish garovi” mavzusidagi Farg‘ona-Batken-So‘g‘d xalqaro biznes-forumi ishtirokchilari Qo‘qon shahriga tashrif buyurdi.

Avval xabar berganimizdek, Farg‘ona viloyati, Qirg‘izistonning Batken viloyati hamda Tojikistonning So‘g‘d viloyati rahbarlari hamda ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida Farg‘ona viloyatida “Chegaraoldi hududlar integratsiyalashuvi – rivojlanish garovi” mavzusidagi xalqaro biznes-forum bo‘lib o‘tmoqda. 23 aprel kuni delegatsiya a'zolari Qo‘qon shahrida bo‘lib Xudoyorxon o‘rdasi tarixiy majmuasiga tashrif buyurdi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi mehmonlar dastlab, shu yerda tashkil etilgan hunarmandchilik ko‘rgazmalari, ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi bilan tanishdilar. Ko‘rgazmadan o‘rin olgan milliy mahsulotlardan ishlangan mahsulotlar Qirg‘iziston va Tojikiston vakillarida katta qiziqish uyg‘otdi.

Uchrashuvda Qo‘qon va Xo‘jand shaharlari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi. Bu borada har ikki shahar hokimlari hamkorlik memorandumlarini imzoladilar.

Mavzuga oid