Indoneziyadagi suvosti kemasi halokatining ehtimoliy sababi ma'lum qilindi

Indoneziya harbiy-dengiz flotining Bali oroli yaqinida yo‘qolib qolgan KRI Nanggala 402 suvosti kemasi bosim ostida darz ketgan bo‘lishi mumkin. Flot shtabi boshlig‘i, admiral Yudo Margononing ta'kidlashicha, aynan shu omil kema halokatiga olib kelgan bo‘lishi ehtimoli bor.
Uning aytishicha, bunday talafotlar chuqur suv ostida katta bosim oqibatida yuzaga kelishi mumkin. Bundan tashqari, KRI Nanggala 402 me'yoridan ancha ortiq yuklangan bo‘lgan. Fojia vaqtida 34 kishiga mo‘ljallangan kemada 53 kishi bo‘lgan.
Avvalroq suvosti kemasi halokatga uchragani isbotlari, jumladan, uning parchalari, torpedo apparati bo‘laklari va ekipaj a'zolarining joynamozlari topilgani ma'lum qilingandi. Bundan tashqari, skanerlash yordamida kema 850 metr suv ostida yotgani aniqlangan. Bu chuqurlik u dosh bera oladigan chuqurlikdan ancha katta bo‘lgan.
Indoneziya harbiy-dengiz floti vakili Julius Vijoxononing ta'kidlashicha, ushbu turdagi dizel-elektr suvosti kemasi 500 metrgacha chuqurlikdagi bosimga dosh bera oladi, biroq undan katta chuqurliklar unga falokatli ta'sir qilishi mumkin. Bosim kemaning po‘lat korpusida darzlar va yoriqlar keltirib chiqarishi mumkin.
Indoneziya kemani cho‘kib ketgan hamda kema ekipajining barcha a'zolarini rasman halok bo‘lgan deb tan oldi. 24 aprelda kemadagi kislorod tugagani ma'lum qilingan.
KRI Nanggala 402 bilan aloqa u 21 aprelda Bali oroli yaqinidagi mashg‘ulotlar vaqtida sho‘ng‘ish uchun ruxsat olgandan 1,5 soat o‘tib yo‘qolgandi. Uning bortida 53 kishi, jumladan, kema sardori, ekipajning 49 a'zosi va qurol bo‘yicha 3 nafar mutaxassis bo‘lgan.
Mavzuga oid

19:40 / 06.04.2025
Buyuk Britaniya sohillaridan Rossiya atom suvosti kemalarini kuzatishda foydalangan datchiklar topildi

22:38 / 05.04.2025
AQSh harbiy-dengiz kuchlari yangi atom suvosti kemasiga ega bo‘ldi

23:25 / 21.03.2025
Indoneziyada harakatga kelgan vulqon sabab minglab odamlar evakuatsiya qilindi

23:54 / 13.03.2025