Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh va NATO Afg‘onistondan qo‘shinlarni olib chiqishni boshladi
AQSh va NATOning bir qator davlatlari Afg‘onistondagi bir nechta bazadan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishni boshladi. Bu haqda Kobuldagi anjumanda AQSh va NATOning Afg‘onistondagi qo‘shinlari qo‘mondoni general Skott Miller ma'lum qildi.
«Biz bir qator bazalardan qo‘shinlarni olib chiqishni boshladik», deb ma'lum qilgan Miller.
Uning aytishicha, qo‘shinlardan bo‘shaydigan bazalar keyinchalik Afg‘oniston hukumat kuchlariga topshiriladi.
Shu bilan birga, Miller «Tolibon» tomonidan zo‘ravonlik holatlari ko‘payayotganidan tashvish bildirgan va 1 maydan keyin ham bu holat davom etsa, «unda bu toliblarning xatosi» bo‘lishini ta'kidlab o‘tgan.
Avvalroq AQSh prezidenti Jo Bayden Vashington 1 maydan boshlab Afg‘onistondan qo‘shinlarini olib chiqishini, ushbu jarayonni 11 sentyabrgacha yakunlash rejalashtirilayotganini e'lon qilgandi.
AQShning avvalgi ma'muriyati Afg‘oniston hukumati bilan amerikalik harbiylarni 2021 yil 1 maygacha olib chiqish bo‘yicha kelishib olgandi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025