Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Guliston davlat universiteti karantinga yopildi
Guliston davlat universiteti 14 kunlik karantinga yopilgan.
Guliston davlat universiteti 14 kunlik karantinga yopilgan. Bu haqda universitetning Telegram’dagi rasmiy kanalida e'lon berilgan.
E'londa yozilishicha, O‘zbekistonga koronavirus infeksiyasi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha tuzilgan maxsus komissiya qarorining tegishli bandlari va Sanitariya-epidemilogiya osoyishtalik agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi taqdimnomasiga binoan 2021 yil 27 apreldan boshlab Guliston davlat universitetida darslar 14 kunga to‘liq masofaviy (onlayn) shaklda davom etishi ma'lum qilingan.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi kunlarda O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirish holati o‘sib bormoqda. Shu sababli bugungi kunda ko‘plab oliy ta'lim muassasalari, o‘rta maxsus o‘quv dargohlari, maktablar va bog‘chalar karantinga yopilgan. Jumladan, Samarqand shahridagi bir qator oliy ta'lim muassasalari bilan birgalikda shahardagi barcha kasb-hunar maktablari, kollejlar, texnikumlar, umumta'lim maktablari va bog‘chalar 27 apreldan karantinga yopildi. Bundan tashqari, Toshkent shahridagi ko‘plab oliy ta'lim muassasalari ham karantinga yopilib, dars jarayonlari onlayn shaklga o‘tkazilgan.
Mavzuga oid
13:35 / 21.01.2025
Karantin ostidagi mahsulotni eksport qiluvchilar uchun qulay sharoit yaratiladi
21:59 / 27.11.2022
Xitoyda koronavirus cheklovlariga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda
00:22 / 26.11.2022
Pekinda koronavirus avj olgani tufayli yangi cheklovlar kiritilmoqda
22:24 / 07.11.2022