Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya AQSh bilan mudofaa hamkorligi to‘g‘risidagi kelishuvni muzlatib qo‘yishi mumkin – Bloomberg
Turkiya rahbariyati Baydenning XX asr boshlarida Usmoniylar imperiyasida sodir bo‘lgan voqealar qurbonlarini xotirlash kuni munosabati bilan bergan bayonotiga javob choralarini qabul qilishga tayyorlanmoqda.
Anqara AQSh prezidenti Jo Baydenning armanlar genotsidini tan olishiga javoban mudofaa va iqtisodiyot sohasidagi Turkiya – AQSh kelishuvining amal qilishini to‘xtatib qo‘yishi mumkin. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib Bloomberg agentligi xabar berdi.
Agentlikning ma'lumot berishicha, Turkiya rahbariyati Baydenning XX asr boshlarida Usmoniylar imperiyasida sodir bo‘lgan voqealar qurbonlarini xotirlash kuni munosabati bilan bergan bayonotiga javob choralarini qabul qilishga tayyorlanmoqda.
Javob qadami sifatida 1980 yilda tuzilgan mudofaa va iqtisodiyot sohasidagi Turkiya – AQSh kelishuvining amal qilishini to‘xtatib qo‘yish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda.
Shanba kuni Bayden XX asr boshlarida Usmoniylar imperiyasida sodir bo‘lgan voqealarni «armanlar genotsidi» deb atadi. Baydendan avvalgi AQSh rahbarlari bu iborani ishlatishdan qochishgandi.
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘li Anqara Baydenning bu bayonotini to‘laligicha inkor etishini ma'lum qildi.
Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan telefon orqali muloqotida buni tarixiy xato deb atadi.
Turkiya armanlarning ommaviy o‘limini tan oladi, ammo «genotsid» so‘zi qo‘llanilishiga qarshi chiqadi va qurbonlar soni oshirib ko‘rsatilganini aytib keladi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025