Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada davlat to‘ntarishiga urinish ishi bo‘yicha 500dan ortiq kishi hibsga olinadi
Ma'lumot berilishicha, 532 nafar gumondorning 459 nafari harbiylar hisoblanadi.
Turkiya prokuraturasi 2016 yilgi davlat to‘ntarishiga urinish ishi doirasida muxolifatchi Fathulloh Gulen tashkilotiga aloqadorlikda gumonlangan 532 kishini hibsga olishga order berdi. Bu haqda Deutsche Welle xabar qilmoqda.
Xabarga ko‘ra, 532 nafar gumondorning 459 nafari harbiylar hisoblanadi.
Mamlakatning 62 provinsiyasida hibslar amalga oshirilgan. Gumondorlarning bir qismi Shimoliy Kipr hududida qo‘lga olingan.
Turkiyada 2016 yil iyulda davlat to‘ntarishiga urinish amalga oshirilgandi. Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, o‘shanda 250 nafardan ortiq kishi halok bo‘lgan, ikki mingga yaqin kishi jarohatlangan.
Turkiya hukumati mazkur voqeada 1999 yildan buyon AQShda yashab kelayotgan muxolifatchi Fathulloh Gulenni ayblagan. Gulenning o‘zi bu ayblovni inkor qilgan.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025