Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Rossiyani qo‘llab-quvvatlashga va'da berdi
"Davlat suverenitetini himoya qilish masalasida XXR va Rossiya bir-biriga yordam ko‘rsatadi", – deb ta'kidladi Xitoy tashqi ishlar vazirligi vakili Van Venbin.
Xitoy hukumati Moskvaga nisbatan g‘arb sanksiyalari keskinlashishi fonida Rossiyani qo‘llab-quvvatlashni kuchaytiradi. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vazirligi vakili Van Venbin ma'lum qildi.
"Biz bir tomonlama sanksiyalar qo‘llanishiga qat'iyan qarshimiz. Xitoy va Rossiya bir-birining umumiy hamkorlik munosabatlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Davlat suverenitetini himoya qilish masalasida XXR va Rossiya bir-biriga yordam ko‘rsatadi", - deb ta'kidladi u.
Diplomat Pekin AQSh va Rossiya konstruktiv siyosiy muloqot o‘rnatishi va kelishmovchiliklarni o‘zaro hurmat asosida bartaraf qilishidan umidvor ekanligini aytdi.
"Bir tomonlama sanksiyalar - gegemoniyaning namoyishi, ular umumiy norozilik keltirib chiqaradi", - dedi Van Venbin.
Rossiya-Amerika munosabatlari AQSh prezidentining Moskva saylovlarga aralashgani uchun badal to‘lashi kerakligini aytgan va Rossiya prezidentini “qotil” deb atagan intervyusidan so‘ng keskinlashdi.
Shundan so‘ng Rossiyaning AQShdagi elchisi Moskvaga chaqirtirib olindi. 15 aprelda AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi, 16 aprel kuni Rossiya javob sanksiyalarini joriy etdi.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025