O‘zbekiston | 09:56 / 27.04.2021
4877
2 daqiqa o‘qiladi

Amudaryoda ayol eriga jahl qilib, pichoq bilan 5 yoshli qizining bosh va barmoqlariga shikast yetkazdi

Amudaryo tumanida ayol eriga jahl qilib, besh yoshli qizini bolg‘a bilan urdi. Bu haqda Oliy sud axborot xizmati xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, H. ismli ayol turmush o‘rtog‘i bilan janjallashib qolgan. Eri unga: «Cen bilan yashamayman, menga senday ayol kerak emas», — deb onasining uyiga ketib qolgan. Shundan so‘ng ayol jahl ustida besh yoshli qizining bosh qismiga bir necha marta bolg‘a bilan urgan. Bundan tashqari, ayol pichoq bilan uning bosh va o‘ng barmoq qismlariga bir necha marta qasddan urib, shikast yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan tayinlangan sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, qizda bosh jarohati, bosh miya yopiq jarohati, miya siljishi, bosh suyagi o‘yilgan jarohati, bo‘yin orqa tomon suyaklari sinishi, peshana jarohati aniqlangan. Shuningdek, hodisa oqibatida qizning o‘ng qo‘l 3 va 4-barmoqlari singan, o‘ng qo‘l 4-barmoqning tirnog‘i tushgan, bo‘yinning orqa tomoni shilingan.

Qayd etilishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudida ushbu holat ko‘rib chiqilib, jazo tayinlangan va ayol ehtiyot chorasi sifatida qamoqda saqlanmoqda.

Mavzuga oid