O‘zbekiston | 11:44 / 27.04.2021
10521
1 daqiqa o‘qiladi

Buxorodagi ziyoratgohlar haqida ma'lumot beruvchi «7 PIR» mobil ilova ishga tushirildi

Buxoroda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix instituti tayanch doktoranti Shavkat Bobojonov tomonidan «7 PIR» mobil ilovasi yaratildi.

O‘zbek, rus, ingliz va turk tillarida xizmat ko‘rsatuvchi dastur tumanlar, ziyoratgohlar, muzeylar tarixi, kutubxona hamda mehmonxonalar va boshqa xizmat ko‘rsatish turlarining ma'lumotlar bazasini o‘z ichiga olgan. 

Shuningdek, mobil ilovada sayyohlar uchun mehmonxonalar, ularning xizmat turlari, temir yo‘l vokzali, aeroport, turizm politsiyasi, ular bilan bog‘lanish manzillari, masjidlar, ovqatlanish, bank, dorixona, shifoxona, yoqilg‘i quyish shoxobchalarining aniq joylashuv koordinatalari ko‘rsatilgan.

Ilova Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi tomonidan rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Mavzuga oid