Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi va rasmiy vakili tayinlandi
Tashqi ishlar vazirining axborot siyosati masalalari bo‘yicha yangi maslahatchisi – Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi tayinlandi.
2021 yilning 27 aprel kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov TIV hay'atining kengaytirilgan majlisida vazirning axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi – vazirlik rasmiy vakili lavozimiga tayinlangan Yusuf Qobuljonovni tanishtirdi.
Yu.Qobuljonov diplomatiya sohasida 2009 yildan buyon ishlaydi. Vazirlik markaziy apparati va O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida xizmat qilgan.
U 2009-2016 yillarda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ikkinchi kotibi, birinchi kotibi, vazirlik huzuridagi «Jahon» axborot agentligi direktori o‘rinbosari bo‘lgan.
Yusuf Qobuljonov 2016-2018 yillarda Tashqi ishlar vazirligi Madaniy-gumanitar aloqalar boshqarmasi boshlig‘i, 2018-2021 yillarda O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi (Rossiya Federatsiyasi) bosh konsuli sifatida faoliyat yuritgan.
Mavzuga oid
20:38 / 30.07.2024
O‘zbekistonning Vladivostokdagi bosh konsuli tayinlandi
07:31 / 04.08.2022
Tashqi ishlar vazirligida yangi tayinlov amalga oshirildi
08:43 / 30.06.2022
Tashqi ishlar vazirligi tuzilmasida yangi boshqarma tashkil etildi
12:37 / 21.06.2022