O‘zbekiston | 09:00 / 28.04.2021
4132
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Alfraganus: 10 oydan so‘ng birinchi bosqich binolari topshiriladi

Alfraganus ochiq havodagi savdo va ko‘ngilochar markazi qurilish ishlarining birinchi bosqichini yakunlash 2022 yil martga rejalashtirilgan.

10 oy ichida Bizning Uylar Development kompaniyasi Alfraganus hududida 50% dan ortiq tijorat ko‘chmas mulkini qurish va foydalanishga topshirishni rejalashtirmoqda. Savdo obektining qulay maskanda joylashuvi sizga o‘z biznesingizni poytaxtimizning eng jozibali nuqtalaridan birida olib borish va rivojlantirishga imkon beradi. 110 000 kvadrat metrdan ortiq ochiq havodagi maydonda tadbirkorlarga tijorat ko‘chmas mulkining 507 ta varianti taklif etiladi. Alfraganus’dagi tijorat xususiyatlari sabab siz biznesning istalgan yo‘nalishini rivojlantirishingiz mumkin. Joylar savdo sohasi hamda tijorat, umumiy ovqatlanish va turli xil xizmat ko‘rsatish sohalari uchun ham eng yaxshi tanlovga aylanadi.

Formati, hajmi, fasad dizayni va funksional maqsadi jihatidan har xil bo‘lgan savdo markazining barcha binolari umumiy me'moriy yechim bilan uyg‘unlashgan va yaqin kelajakda yuqori daromad keltiradigan biznes uchun ishonchli asos bo‘lishi mumkin. Hozirda qurilish jarayoni izchil davom etyapti. Ilg‘or texnologiyalar ishlatilayotganligi sabab kompaniya 10 oy ichida birinchi bosqich obektlarini foydalanishga topshirishni rejalashtirmoqda. Qurilishning birinchi bosqichini yakunlash savdo markazidagi 262 ta joyni ishga tushirib, foydalanishga topshirishni nazarda tutadi. Bu loyihadagi barcha savdo nuqtalarining 50 foizidan ortig‘ini tashkil etadi. Bunga parallel ravishda, obektning infratuzilmalari: piyodalar uchun maxsus kirish joyi, avtomobillar chiqish joylari, keng avtoturargohlar, sayr yo‘laklari, jamoat joylari va boshqa ko‘plab ishlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish va foydalanishga topshirish rejalashtirilmoqda.

Alfraganus ochiq havodagi ko‘ngilochar va savdo markazi hududi nafaqat savdo maydoni uchun yangi format, balki mavjud ijarachi tayyor ijara biznesini sotib olish imkoniyati hamdir. Aynan shu passiv biznes birinchi kunlardanoq kafolatlangan va barqaror daromad manbaiga aylanadi. Qurilish jarayoni vaqtida kompaniya tijorat ko‘chmas mulkini sotib olish uchun eng qulay shart-sharoitlarni taklif etadi. Sotuv ofisida xaridorlarga 25% gacha bo‘lgan maxsus chegirmalar va muddatli to‘lov tizimi taklif etilmoqda.

Shoshiling, loyihaning ishga tushirilishiga 10 oy vaqt qoldi. Kelajakda obektdagi joylarning narxi oshadi. Tijorat ko‘chmas mulki sohasidagi xalqaro mutaxassislarning prognoziga ko‘ra, foydalanishga topshirilgan vaqtda loyihaning kapitallashuvi 30% ga yetadi.

Sotuv ofisi manzili: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Qo‘shko‘prik ko‘chasi, 30-uy

Mo‘ljal: «UzBum», China Town restorani

Batafsil ma'lumotlarni quyidagi telefon raqamidan olishingiz mumkin: +99871 210 44 44

Sotuv ofisi har kuni 9:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.

Sayt: alfraganus.com

Facebook: fb.com/alfraganus.tashkent

Instagram: @alfraganus.uz

Telegram: t.me/alfraganus_tashkent

Reklama huquqi asosida

Жамшид Рузибаев
Tayyorlagan Жамшид Рузибаев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid