Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh o‘z qo‘shinlarini himoyalash uchun Afg‘onistonga yalpi o‘t ochish tizimlarini joylashtirmoqda
AQSh Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarining xavfsiz olib chiqilishini ta'minlash maqsadida Kuvaytdan u yerga yalpi o‘t ochish reaktiv tizimlari HIMARS’ni ko‘chirib o‘tkazmoqda. Bu haqda AQSh qurolli kuchlarining markaziy qo‘mondonligi SeNTKOM ma'lum qildi.
«HIMARS tizimlari qo‘shinlar olib chiqilishini qo‘llab-quvvatlash uchun Kuvaytdan Afg‘onistonga jo‘natilmoqda», deb ma'lum qilingan xabarda.
O‘tgan hafta Pentagon matbuot kotibi Jon Kirbi jurnalistlar bilan brifingda AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin Afg‘onistondan amerikalik harbiylarning olib chiqilishi ortida ular himoyasini kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha choralarni ma'qullaganini ma'lum qilgandi. Jumladan, gap AQSh harbiy-dengiz kuchlarining Dwight D. Eisenhower atom aviatashuvchi kemasi SeNTKOM javobgarligi ostidagi hududda qoldirilishi haqida bormoqda. Bu hududga Yaqin Sharq, Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyoning ba'zi hududlari kiradi. Bundan tashqari, Ostin mintaqada muayyan sonda uzoq masofalarga uchuvchi bombardimonchi samolyotlarni joylashtirishni ma'qullagan.
Avvalroq AQSh va NATO Afg‘onistondagi ba'zi harbiy bazalardan qo‘shinlarni va texnikani olib chiqishni boshlagani ma'lum qilingandi. AQSh prezidenti Jo Baydenning ta'kidlashicha, Afg‘onistondan qo‘shinlarni olib chiqishni 11 sentyabrgacha yakunlash rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025