Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya 50 mln doza «Sputnik V» vaksinasini sotib olish bo‘yicha shartnoma imzoladi
Vaksinani yetkazib berish may oyidan boshlanishi aytilmoqda.
Turkiya 50 mln doza «Sputnik V» vaksinasini sotib olish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Faxriddin Xo‘ja ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda vaksina favqulodda vaziyatlarda qo‘llanilishiga ruxsat berilishi uchun yakuniy sinov bosqichidan o‘tmoqda.
Vaksinani yetkazib berish may oyidan boshlanadi, deb yozadi Reuters. 50 mln doza vaksinani olti oy davomida yetkazib berish rejalashtirilgan.
26 aprel kuni Rossiya to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar fondi va Turkiyaning Vissoran Ilac farmatsevtika kompaniyasi Turkiyada «Sputnik V» vaksinasini ishlab chiqarish bo‘yicha shartnoma imzoladi.
Pandemiya boshlanganidan buyon Turkiyada 4,7 mln kishi koronavirus yuqtirgan, 39 ming nafar bemor vafot etgan. Mamlakatda 17 maygacha lokdaun joriy etildi.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025