Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada rekord o‘lchamdagi oltin tanga zarb etildi
Britaniya qirollik zarbxonasi og‘irligi 10 kg va diametri 20 sm keluvchi oltin tangani zarb etdi. U 10 ming funt sterling qiymatga ega. The Guardian nashrining yozishicha, ushbu tanga qirollik zarbxonasining 1100 yillik tarixidagi eng katta o‘lchamlisi hisoblanadi.
Tangani yaratish uchun 400 soat talab etilgan. Jumladan, uni sayqallashning o‘zi 4 kun vaqt olgan.
Tanga o‘z egasini topib bo‘ldi, biroq xaridorning ismi oshkor qilinmagan. Zarbxonada ta'kidlanishicha, tangaga to‘langan pul 6 raqamli summadan iborat.
Tanga an'anaviy zarb etish usullari va zamonaviy texnologiyalar yordamida bir guruh ustalar tomonidan tayyorlangan. Unga tasvir dastlab o‘ymakorlik stanogi yordamida tushirilgan, so‘ngra qo‘lda ishlov berilgan. Jarayon oxirida esa tangaga zarur teksturani berishda lazer qo‘llangan.
Britaniyada tanganing boshqa variantlari ham zarb etildi. Jumladan, uning 5 funt sterlinglik variantini 13 funt sterlingga xarid qilish mumkin. Ushbu tanga qirolicha Yelizaveta II 1953 yilda taxtga o‘tirishi vaqtida, Vestminster abbatligida uning yo‘lida o‘rnatilgan 10ta mavjudot haykali tasvirlangan esdalik tangalari seriyasining so‘nggisi hisoblanadi.

Unda sher, grifon, lochin, ajdarho, ot, narval, it, buqa va yyeyl (echkiga o‘xshash afsonaviy hayvon) tasvirlangan. Ushbu tangalar to‘plami undagi birinchi tanga 2017 yilda paydo bo‘lgan ondan ommalashib ketgan.
Mavzuga oid
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
09:22 / 23.05.2025
Britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga jalb qilinadi
10:39 / 20.05.2025
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi
13:15 / 13.05.2025