Light | 17:57 / 29.04.2021
124781
2 daqiqa o‘qiladi

Fotoreportaj: Internetda shov-shuv ko‘targan Krasnogorsk adirlari va so‘lim So‘qoq tog‘lari

So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Parkent tumani Krasnogorsk qishlog‘i yonidagi qir-adirlarda olingan foto va videolar keng tarqalib, tarmoq foydalanuvchilarining katta qiziqishiga sabab bo‘ldi. Kun.uz bu so‘lim maskandan fotojamlanma taqdim etadi.

Ko‘pchilik bu joylarning O‘zbekistonda ekaniga ishonqiramay munosabat bildirdi. Bu bejiz emas, videoda aks etgan tabiat haqiqatdan juda go‘zal.

Video muallifi joyning manzilini sir saqlagan bo‘lsa-da, oradan ko‘p o‘tmay, joy lokatsiyasi internetda tarqalib ketdi va yurtimizning turli hududlaridan odamlar ushbu go‘zallikni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rish uchun kela boshladilar.

Afsuski, aksar hamyurtlarimizning tabiatga munosabati juda achinarli – go‘zallikdan bahramand bo‘lishni bilishadi-yu, biroq uni asrab-avaylashni bilishmaydi. Mahalliy aholining so‘zlariga ko‘ra, bu joy mashhur bo‘lib ketganidan so‘ng, har kuni ko‘plab odamlar bu manzarani ko‘rishga kelishadi, piknik, iftorliklar qilishadi, lekin afsuski, ketlaridan tozalab ketishmaydi.

Krasnogorsk adirlari va So‘qoq tog‘laridan tayyorlagan fotoreportajimizni e'tiboringizga havola qilarkanmiz, hamyurtlarimizni tabiatga befarq bo‘lmaslikka, uni asrab-avaylashga chaqirib qolgan bo‘lardik.

Krasnogorsk manzaralari:

So‘qoq manzaralari:

Suratlar muallifi – Muhammadjon G‘aniyev.

Mavzuga oid