Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshloq tumanida qishloq xo‘jaligi suvlarini sanoat chiqindilari bilan ifloslantirgan shaxslar aniqlandi

Tumanning uchta mahalla fuqarolar yig‘inida fuqarolar noqonuniy quduq kovlab, undan chiqqan chiqindilarni oqar suvga oqizib kelgan.
Farg‘ona viloyat Ekologiya boshqarmasi axborot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, Toshloq tumani hududlarida tuman Ichki ishlar bo‘limi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspeksiya va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda nazorat tadbirlari amalga oshirilgan.
O‘tkazilgan nazorat tadbirlarida, tumandagi “Teraktagi”, “Konizar”, va “Yakkovut” MFYlar hududlarida fuqarolar tomonidan noqonuniy ravishda qazilgan quduqlaridan neftga o‘xshash suyuqlikni nasos yordamida tortib, uning yaroqsiz qismini ochiq suv havzasiga (mahalliy ariqlarga) oqizib, suvni ifloslantirish holatlari aniqlangan.
Ta'kidlanishicha, 2021 yil boshidan bugungi kunga qadar 24 ta holatda bu singari huquqbuzarlik holati aniqlanib, huquqbuzarlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan jarima jazolari tayinlangan. Bundan tashqari, neftga o‘xshash suyuqlikni (ya'ni sanoat chiqindisini) nasos yordamida tortib olib, tashish va joylashtirish chog‘ida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzgan 30 nafar fuqaroga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bo‘yicha ma'muriy jarima jazolari qo‘llanilgan.
Mavzuga oid

17:00 / 27.05.2025
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”

10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit

21:05 / 19.05.2025
Yerosti suvlaridan foydalanuvchilar hisoblagich o‘rnatmasa, 5 barobar soliq to‘laydi. Bu qanday ishlaydi?

12:05 / 16.05.2025