Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda oziq-ovqat mahsulotlarini isrof qilishga qarshi qaratilgan qonun qabul qilindi
Xitoy parlamenti hukumatning aholini me'yorida ovqatlanishga o‘rgatish bo‘yicha sa'y-harakatlari doirasida oziq-ovqat mahsulotlarini isrof qilishga qarshi qaratilgan qonunni qabul qildi.
Yangi qonun 29 apreldan kuchga kiradi. Ta'kidlanishicha, u umumiy ovqatlanish shoxobchalariga o‘zlaridan keyin yeyilmagan yegulik qoldiradigan mijozlarga uni utillashtirish uchun boj to‘lovi yozib berish imkonini beradi. Bunda boj to‘lovining qiymati mijozga taqdim qilinadigan hisobda aniq ko‘rsatilishi kerak.
Xitoyda har yili 35 mln tonnaga yaqin oziq-ovqat iste'molchilarga yetib borguncha chiqindiga chiqariladi. Bu borada o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, mamlakatning yirik shaharlari – Pekin, Shanhay, Chendu va Lxasada yiliga 17–18 mln tonna oziq-ovqat tashlab yuboriladi. Ta'kidlanishicha, bu miqdordagi mahsulot bilan bir yil davomida 30–50 mln kishining qornini to‘yg‘azish mumkin.
Mavzuga oid
13:31 / 10.04.2025
Malayziya O‘zbekistondan qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlarini import qilishga qiziqish bildirmoqda
21:15 / 09.04.2025
AQSh qashshoq mamlakatlar uchun ilgari yopilgan bir nechta oziq-ovqat dasturlarini tiklaydi
17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi
16:27 / 04.04.2025