O‘zbekiston | 09:00 / 30.04.2021
7432
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Olmazor Business City turar joy majmuasi ta'mirlangan xonadonlarni 30% gacha chegirma bilan taklif etadi

Olmazor Business City turar joy majmuasida uy-joy ko‘chmas mulk sotib olish uchun 30% gacha ulkan chegirmalar taqdim etilmoqda.

Bizning Uylar Development kompaniyasi Olmazor Business City turar joy majmuasidan siz orzu qilgan xonadonni hamyonbop narxlarda xarid qilish imkoniyatini taqdim etadi. Taklif etilayotgan maksimal chegirma – 30%. Bundan tashqari, xaridorlar muddatli to‘lov sharti bilan ham xonadon egasi bo‘lishingiz mumkin.

Olmazor Business City – mamlakatimizdagi eng yirik oilaviy turar joy majmualaridan biri hisoblanadi. Unda umumiy 28 ta ko‘p qavatli uy-joy binolari bunyod etiladi. Ulardan biri o‘ttiz qavatli osmono‘par bino bo‘ladi. Majmuadagi uylarning birinchi qavatlari tijorat ko‘chmas mulk zonalari uchun ajratilgan. Bundan tashqari majmuada aholi bo‘sh vaqtini unumli o‘tkazish va dam olishi uchun keng ko‘kalamzor hudud tashkil etiladi. Maskanda aholini ichki qulay hovlilar, sun'iy hovuzlar, suhbat uchun o‘rindiqlar, bolalar va sport maydonchalari, sayr yo‘laklari kabi bir qancha qulayliklar kutmoqda.

Turar joy majmuasini bunyod etishda kenglik va tabiat bilan uyg‘unlik konsepsiyasi asos qilib olingan. Keng hudud va kanal bo‘yidagi joylashuv majmuani ko‘kalamzorlashtirish, mikroiqlim yaratish imkoniyatini beradi. Shuningdek, binolarning zichligi me'yorlariga rioya qilish orqali turar joy majmuasida ekologik toza muhit saqlab qolinib, aholi turmush tarzi yanada yaxshilanadi. Majmuaga ko‘chib kelgan aholi Olmazor Business City'da yashashning barcha afzalliklarini his qilishadi. Ayni paytda bu yerda qurilishning ikkinchi bosqichi tugallanmoqda. Hamda yozda aholi ko‘chib o‘tishiga oz vaqt qoldi. Olmazor Business City'dagi barcha xonadonlar yashashga tayyor holda, tayyor ta'mirlanib sotuvga chiqariladi.

Orzungizdagi xonadonni foydali shartlarda sotib olish imkoniyatini boy bermang. Shu yil yozda yangi xonadoningizga ko‘chib kelishingiz mumkin bo‘ladi. Taklif cheklangan.

Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Kichik Halqa Yo‘li ko‘chasi, 5-A uy.

Mo‘ljal: Shimoliy Olmazor chorrahasi.

Sotuv ofisi har kuni, dam olish kunlarisiz soat 9:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.

Batafsil ma'lumotlarni quyidagi telefon raqamidan olishingiz mumkin: +998 71 210 44 44

Instagram: @bizninguylar

Facebook: fb.com/bizninguylar

Telegram: t.me/bizninguylar

Sayt: bizninguylar.uz

Reklama huquqi asosida

Жамшид Рузибаев
Tayyorlagan Жамшид Рузибаев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid