Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oq uy Bayden va Putin uchrashuvida muhokama qilinadigan mavzularni ma'lum qildi
Psakining bildirishicha, ikki davlat yetakchilari o‘rtasidagi uchrashuv hozircha tasdiqlanmagan va sammit haqida kelishilganidan so‘ng muloqot mavzulari yanada oydinlashadi.
AQSh prezidenti Jo Bayden Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv chog‘ida Ukrainadagi nizo va Aleksey Navalniy bilan bog‘liq vaziyat mavzusini ko‘tarishi mumkin. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Jyen Psaki ma'lum qildi.
Psakining bildirishicha, ikki davlat yetakchilari o‘rtasidagi uchrashuv hozircha tasdiqlanmagan va sammit haqida kelishilganidan so‘ng muloqot mavzulari yanada oydinlashadi.
«Albatta, biz hali ham Aleksey Navalniyning tutqunlikda ekanidan va Ukraina bilan chegarada Rossiya qo‘shinlari ko‘payishidan xavotirdamiz», — dedi Psaki.
Shu bilan birga, Oq uy matbuot kotibi Vashington Moskva bilan hamkorlik qilishga tayyorligini ta'kidladi.
13 aprel kuni Bayden Putin bilan telefon orqali muloqot chog‘ida uni neytral mamlakatda uchrashishga chaqirgandi. O‘shanda Jyen Psaki prezidentlar yoz faslida uchrashishi mumkinligini aytgandi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025