Jahon | 22:09 / 01.05.2021
32247
1 daqiqa o‘qiladi
Tojikiston poytaxtida AYoQSh portlab ketdi
Tojikiston poytaxti Dushanbeda kuchli portlash sodir bo‘ldi. Holat tasvirlangan videolar internetda tarqaldi. Kechga yaqin sodir bo‘lgan portlash avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida kuzatilgan.
Dushenbening Sino tumani hududida joylashgan shoxobchada avvaliga yong‘in sodir bo‘lgan va ko‘p o‘tmay portlash kuzatilgan. AYoQSh mashhur Mexkalon masjidi yaqinida joylashgan.
Portlash bo‘yicha hozircha rasmiy ma'lumot berilmadi, lekin guvohlar 20 ga yaqin odam jabrlanganini ta'kidlagan. Shuningdek, portlashning Tojikiston hamda Qirg‘iziston o‘rtasidagi keskinlashgan munosabatlarga aloqasi yo‘qligi aytilmoqda. Voqea joyida o‘nlab o‘t o‘chirish mashinalari ishlamoqda.
Mavzuga oid
10:06 / 12.09.2024
Samarqandda gaz portlagan «dom» aholisi evakuatsiya qilinmoqda
22:34 / 11.09.2024
Tojikiston muftiysi hujumga uchradi
21:41 / 10.09.2024
Tojikiston o‘z fuqarolariga Rossiyaga safar qilmaslikni tavsiya etdi
20:00 / 02.09.2024