SSV statistikasi: O‘zbekiston aholisi qaysi vaksina bilan ko‘proq emlanmoqda?
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekiston aholisi qaysi vaksina bilan ko‘proq emlanayotgani haqida ma'lumot berdi.
Vazirlik ma'lumotlariga ko‘ra, vaksinatsiyaning dastlabki o‘n kunida AstraZeneca bilan emlanish 68 foiz, o‘zbek-xitoy vaksinasi ZF-UZ-VAC2001 bilan emlanish 32 foiz bo‘lgan. Ikkinchi o‘n kunlikda esa AstraZeneca bilan emlanish 10 foiz kamayib, 58 foizga tushgan, o‘zbek-xitoy vaksinasi bilan emlanish esa 42 foizga yetgan. 28 aprelga kelib mamlakat aholisi uchun «Sputnik V»dan ham foydalanish boshlandi.
Oy oxiriga kelib vaksinadan foydalanish ko‘rsatkichi AstraZeneca’da 40,9 foiz, ZF-UZ-VAC2001’da 58,4 foiz, «Sputnik V»da 0,7 foizni tashkil qilgan.
30 apreldagi kunlik holatga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab 2181 kishi AstraZeneca bilan , 74 773 kishi ZF-UZ-VAC2001 bilan, 2356 kishi «Sputnik V» bilan emlangan.
O‘zbekistonda vaksinatsiya jarayoni 1 aprel kuni boshlangandi. 30 aprel kuni mamlakat bo‘ylab emlanish bo‘yicha kunlik rekord qayd etilib, bir kunda 79 310 kishi vaksina qabul qilgandi.
1 maydan vaksinatsiyaning ikkinchi oyi boshlandi, ilk kuniyoq 58 ming nafardan ortiq kishi emlanib, ayni kungacha koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolarning jami soni 856 016 nafarga yetdi. Hukumat iyun oyi oxirigacha 4 millionga yaqin, yil oxirigacha 7 million aholini koronavirusga qarshi emlashni rejalashtirgan.
Mavzuga oid
07:24 / 16.02.2022
YUNISEF O‘zbekistonga vaksina omborlari uchun 500 ming dollarlik uskunalar taqdim etdi
10:58 / 03.02.2022
O‘zbekiston Rossiya vaksinalarini import qilish bo‘yicha top-5 davlat qatoriga kirdi
16:41 / 31.01.2022
O‘zbekistonlik biolog: Ilk vaksina musulmon olimi tomonidan yaratilgan
08:44 / 19.01.2022