O‘zbekiston | 13:43 / 03.05.2021
1846
2 daqiqa o‘qiladi

Asakada «Labo» to‘xtab turgan «Gaz» yuk avtomobiliga borib urildi, bir kishi jarohatlandi

Foto: Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi

Andijon viloyati Asaka tumanida «Labo» to‘xtab turgan «Gaz» yuk avtomobiliga o‘rilishi oqibatida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi ma'lum qildi. 

Qayd etilishicha, 2 may kuni soat 14:00larda Andijon viloyati Asaka tumani, Yangisor ko‘chasida 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro U.A. «Labo» rusumli avtomobilni boshqarayotib, o‘zidan oldinda yo‘lning o‘ng tomonida to‘xtab turgan, haydovchi, 1998 yilda tug‘ilgan S.M. boshqaruvida bo‘lgan «Gaz-53» rusumli yuk avtomobilining orqa tomoniga urilgan.

Natijada, «Labo» rusumli avtomobil haydovchisi U.A. tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Asaka tuman IIB YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ma'lumot uchun, avvalroq Andijonda mashina ag‘darilib ketgani, shuningdek, asfalt yo‘lga yuk mashinasi botib qolgani haqida ham xabar berilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid