O‘zbekiston | 08:55 / 03.05.2021
3953
1 daqiqa o‘qiladi

Chinozda radar o‘rnatilgan Nexia YTHga uchradi

Foto: YHXBB matbuot xizmati

Toshkent viloyati Chinoz tumanida Damas YPX inspektorining radar o‘rnatilgan Nexia’siga borib urildi. Bu haqda YHXBB matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 2 may kuni soat 13:15 larda Chinoz tumanidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lining 862-kilometrida yuz bergan. Damas’ni boshqarib ketayotgan 40 yoshli haydovchi R.A. yo‘lning o‘ng tomonida, to‘xtab turgan Toshkent viloyati Qibray tumani IIB YHXB YPX inspektoriga biriktirilgan, tezlikni o‘lchovchi moslamalar bilan jihozlangan Nexia-3’ning orqa tomoniga borib urilgan.

Oqibatda Damas haydovchisi tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib ketilgan. YTH yuzasidan Toshkent viloyati IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid