O‘zbekiston | 18:35 / 03.05.2021
12882
1 daqiqa o‘qiladi

Kun.uz’ning uch vakili «Oltin qalam» tanlovi mukofotlarini qo‘lga kiritdi

Bugun, 3 may - Jahon matbuoti erkinligi kunida «Turkiston» saroyida jurnalistika sohasidagi «Oltin qalam» XV Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Kun.uz muxbiri Jamshid Niyozov tanlovning «Tashqi ishlar vazirligi faoliyatini eng yaxshi yoritgani uchun» (internet-jurnalistikasi yo‘nalishida) nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib bo‘ldi.

Ilyos Safarov esa tanlovning Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan ta'sis etilgan «Davlat tilini rivojlantirishga qaratilgan eng yaxshi material uchun» (internet-jurnalistikasi yo‘nalishida) nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib deb topildi.

Marosimda so‘zga chiqqan Ilyos Safarov barcha jurnalistlarni o‘zbek tilini qo‘llab-quvvatlashga va bu haqida ko‘proq yozishga chaqirdi.

Marosimda Internet jurnalistikasi yo‘nalishida Kun.uz muxbiri Abror Zohidov faxrli 1-o‘ringa munosib ko‘rildi.

Ushbu yo‘nalishda 2-o‘rinda O‘zbekiston milliy axborot agentligi bosh muharriri Abdujamil Taypatovga, 3-o‘rinda nuz.uz muxbiri Oliya Taishova e'tirof etildi.

Mavzuga oid