Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriya prezidenti lavozimi uchun 3 kishi kurash olib boradi
Suriya konstitutsiyaviy sudi mamlakatda may oxirida o‘tadigan prezident saylovlarida ishtirok etish uchun 3 kishi, jumladan, amaldagi prezident Bashar Asad nomzodini tasdiqladi.
Avvalroq saylovlarda ishtirok etish uchun 50dan ko‘proq kishi hujjat topshirgan. Biroq natijada sud ulardan faqat 3 nafari davlat rahbari lavozimiga saylana olishi haqida qaror chiqargan.
Gap amaldagi prezident Bashar Asad, sobiq vazir Abdulla Sallum Abdulla va Mahmud Mariy haqida bormoqda. Mariy Suriyada ruxsat berilgan muxolif harakatlar vakili bo‘lib, Damashqqa qarshi kurash olib boruvchi quvg‘inlikdagi muxolifatga aloqasi yo‘q.
Ta'kidlanishicha, arizalari rad etilgan nomzodlar 7 may kunigacha sud qarori yuzasidan apellyatsiya berishlari mumkin.
G‘arb OAVning ta'kidlashicha, Asad bu safar ham hech qanday muammosiz g‘alaba qozonadi va to‘rtinchi muddatga prezident lavozimini egallaydi.
Saylovlar 26 may kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Suriyada 2014 yilda o‘tgan oxirgi prezident saylovlarida Bashar Asad 88 foizdan ko‘proq ovoz to‘plab, 3-muddatga qayta saylangandi. Suriya konstitutsiyasiga ko‘ra, u yana bir marta 7 yillik muddatga saylanishi mumkin.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
15:40 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
23:00 / 20.05.2025