Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevrokomissiya koronavirusga qarshi emlangan xorijliklarga YeIga kirishga ruxsat berishni taklif qildi
Ular YeIda ruxsat berilgan vaksinalardan biri bilan emlangan bo‘lishi lozim. Hozirda Yevroittifoqda AstraZeneca, Pfizer/BioNTech, Moderna va Johnson & Johnson vaksinalari ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Yevrokomissiya (YeK) koronavirusga qarshi emlangan xorij fuqarolariga Yevroittifoq hududiga kirishga ruxsat berishni taklif qildi. Bu haqda YeK bayonotida aytilmoqda.
Bunda ular YeIda ruxsat berilgan vaksinalardan biri bilan emlangan bo‘lishi lozim. Hozirda Yevroittifoqda AstraZeneca, Pfizer/BioNTech, Moderna va Johnson & Johnson vaksinalari ro‘yxatdan o‘tkazilgan. «Sputnik V» vaksinasi ekspertizadan o‘tkazilmoqda.
Bayonotda aytilishicha, xorij fuqarolari YeIga kelishidan kamida ikki hafta oldin koronavirusga qarshi vaksinaning har ikki dozasini olgan bo‘lishlari lozim.
Tashrif buyuruvchilar emlanganligini raqamli sertifikat orqali tasdiqlash imkoniyatiga ega bo‘lishlari talab etiladi.
Bundan tashqari, Yevrokomissiyaning qayd etishicha, epidemiologik vaziyat yaxshilangani tufayli Tailand, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Singapur, Ruanda, Janubiy Koreya va Xitoy fuqarolari emlanganlik maqomidan qat'i nazar, Yevroittifoq hududiga kirishlari mumkin.
Mavzuga oid
11:49 / 26.05.2025
Donald Tramp Yevroittifoqdan import uchun bojlarni 9 iyulgacha kechiktirdi
09:11 / 23.05.2025
Ukraina Yevroittifoqqa qurolli kuchlarini bevosita moliyalashtirishni taklif qildi
13:45 / 21.05.2025
Isroilga iqtisodiy bosim: Yevroittifoq savdo imtiyozlarini qayta ko‘rib chiqadi. Britaniya erkin savdo bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatdi
09:26 / 17.04.2025