Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya va Misr 30ta Rafale qiruvchi samolyotini sotib olish bo‘yicha shartnomani imzoladi
Misr Fransiya bilan Rafale qiruvchi samolyotidan 30ta sotib olish bo‘yicha shartnoma imzoladi.
Misrning Al-Watan nashri ma'lumotlariga ko‘ra, Fransiyaning «Dassault Aviation» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariluvchi samolyotlar Misrga kamida 10 yilga beriladigan kredit hisobiga yetkazib beriladi.
Misr 2015 yilda ham Fransiya bilan 24ta Rafale samolyoti yetkazib berilishi bo‘yicha shartnoma imzolagan.
Ushbu samolyotlar yuqori manyovrligi, uzoq masofalarga ucha olishi hamda radioelektron kurash sharoitida vazifalarni bajara olishi bilan ajralib turadi.
Avvalroq Disclose fransuz nashri Qohira va Parij o‘rtasida 26 aprelda turli turdagi qurol xarid qilish bo‘yicha shartnoma imzolanganini ma'lum qilgan. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Misr tomonidan Fransiyadan sotib olinayotgan qurolning umumiy qiymati 3,95 mlrd yevroni tashkil qiladi.
Mavzuga oid
20:15 / 27.05.2025
Fransiyada kriptomillionerlarni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha 20 dan ortiq shaxs hibsga olindi
14:00 / 27.05.2025
Parij Makronning xotinidan tarsaki yegani aks etgan kadrlarga izoh berdi
21:53 / 26.05.2025
Tramp Putinning yolg‘on gapirayotganini biladi – Makron
16:40 / 26.05.2025