Qoraqalpog‘istonda koronavirus aniqlangan maktablar 5 taga yetdi
Kun.uz muxbiriga ma'lum bo‘lishicha, kecha 3 may kuni Nukusdagi 37-sonli maktab o‘quvchilarida koronavirus aniqlangan. Shu sababli maktab 14 kunlik onlayn ta'lim shakliga o‘tkazilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta'limi vazirligi hozircha ushbu holat yuzasidan rasmiy ma'lumot bermadi. Kun.uz muxbirining maktabdagi manbaasi maktab jamoasi va o‘quvchilari tarqatib yuborilganini tasdiqladi.
Ma'lumot uchun, bundan oldin Nukus shahridagi «Progress» ta'lim va rivojlantirish maktabi va 34-, 15-sonli maktablar; Beruniy tumanidagi 1-, 54-sonli maktablarida ta'lim masofaviy shaklga o‘tkazilgandi. Shuningdek, kecha Qoraqalpoq davlat universitetining koronavirus sabab masofaviy ta'lim shakliga o‘tkazilgan fakultetlari soni 6 taga yetgandi.
Mavzuga oid
23:36 / 19.09.2024
Olimlar Xitoydagi Uxan bozori koronavirusning dastlabki o‘chog‘i bo‘lganini isbotladi
13:54 / 18.09.2024
Koronavirusning yangi varianti XeC tarqalmoqda: u oldingilaridan qanday farq qiladi?
21:46 / 20.08.2024
Maymunchechak epidemiyasi koronavirus kabi jiddiy muammo emas – JSST
09:57 / 10.08.2024