Jahon | 21:37 / 04.05.2021
6953
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston 54ta davlat uchun vizasiz rejim to‘xtatilishini yil oxirigacha uzaytirdi

Qozog‘iston 54ta davlatning tranzit yo‘lovchilari uchun 72 soatlik vizasiz rejim to‘xtatilishini 2021 yil 31 dekabrgacha uzaytirdi. Ushbu chora avvalroq koronavirusga qarshi kurash doirasida kiritilgandi.

Foto: TASS

Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligida ta'kidlanishicha, ushbu davlatlar fuqarolari Qozog‘istonga ikki tomonlama kelishuvlarda ko‘zda tutilgan tartib-qoida bo‘yicha kira olishadi.

 Avvalroq bunday davlatlar ro‘yxatiga 57ta davlat kirgan: Avstraliya, AQSh, Avstriya, Bahrayn, Belgiya, Bolgariya, BAA, Vatikan, Vetnam, Germaniya, Gretsiya, Daniya, Yangi Zelandiya, Yaponiya, Isroil, Irlandiya, Islandiya, Ispaniya, Indoneziya, Italiya, Kanada, Qatar, Kipr, Kolumbiya, Janubiy Koreya, Kuvayt, Latviya, Litva, Lixtenshteyn, Lyuksemburg, Vengriya, Malayziya, Malta, Meksika, Monako, Niderlandiya, Norvegiya, Ummon, Polsha, Portugaliya, Ruminiya, Saudiya Arabistoni, Singapur, Slovakiya, Sloveniya, Tailand, Turkiya, Buyuk Britaniya, Filippin, Finlandiya, Fransiya, Xorvatiya, Chexiya, Chili, Shveytsariya, Shvetsiya va Estoniya.

 Biroq hozirda ro‘yxatdan Turkiya, BAA va Janubiy Koreya chiqarilgan.

Mavzuga oid