Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tomskda migratsiya xizmati xodimlari O‘zbekiston fuqarosini kaltakladi
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Tomsk shahrida O‘zbekiston fuqarosi bilan yuz bergan holat yuzasidan rasmiy ma'lumot berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya Federatsiyasining Tomsk shahrida federal xizmat xodimi tomonidan O‘zbekiston fuqarosining huquqi buzilib, unga nisbatan kuch ishlatilgani haqida ma'lumotlar tarqaldi.
Qayd etilishicha, bunga sabab – o‘zbekistonlik migrantning savol berib, huquqini talab qilgani. Pasportini taqdim etgan bo‘lsa-da, migratsiya xizmati xodimi undan haydovchilik guvohnomasini ham ko‘rsatishni talab qilgan.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabariga ko‘ra, ushbu holatga aniqlik kiritish, shuningdek har tomonlama va obektiv tekshiruv o‘tkazish yuzasidan O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi hamda agentlikning Rossiyadagi vakolatxonasi tomonidan Rossiyaning vakolatli idoralariga tegishli so‘rovnomalar yuborildi.
Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, Rossiyaning Tergov qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligi ushbu voqea bo‘yicha tekshiruv ishlarini boshlagan.
Amalga oshirilgan ishlar natijasi yuzasidan qo‘shimcha ma'lumot berilishi aytilgan.
Mavzuga oid
23:26 / 19.05.2025
Rossiyada oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayol va uning uch farzandi O‘zbekistonga qaytarildi
18:19 / 09.05.2025
Jizzaxda fuqaroni Meksika orqali AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
11:05 / 07.05.2025
Rossiyada mushkul ahvolda qolgan fuqarolar O‘zbekistonga qaytarildi
19:21 / 01.05.2025