Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda avtobus ichida kissavurlik qilgan 52 yoshli erkak ushlandi. U muqaddam 3 marotaba sudlangani aniqlandi
2021 yilning 2 may kuni soat 12:00larda 52 yoshli Habibullo U. Toshkent shahri, Chilonzor tumanida joylashgan “Chinni bozor” oldidagi avtobus bekatida O‘rikzor-Sergeli yo‘nalishi bo‘yicha qatnovchi 59-sonli avtobusga chiqqan.
IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u avtobus ichida bo‘lgan 30 yoshli Ilhom J.ning ustki kiyimi cho‘ntagidan 2 944 000 so‘m pullarini kissavurlik yo‘li bilan yashirin ravishda o‘g‘irlab hodisa joyidan yashirinayotgan vaqtida Toshkent shahar IIBB JQB xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Habibullo U.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “a” bandi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari davomida Habibullo U. muqaddam o‘g‘rilik jinoyati bilan uch marotaba sudlangani aniqlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
20:04 / 18.04.2025
Sirdaryoda bir necha o‘g‘rilik sodir etgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
14:35 / 15.03.2025
Peruda pul o‘g‘irlagan maymun politsiya tomonidan qo‘lga olindi
16:29 / 06.03.2025
AQShda erkak zargarlik do‘konidan 770 ming dollarlik ziraklarni o‘g‘irlab, yutib yubordi
09:40 / 06.03.2025