Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAA mahalliy kompaniyalarda ishlaydigan boy xorijliklarga fuqarolik berishni boshladi
Emirates aviakompaniyasi prezidenti Tim Klark, Etihad Airways bosh direktori Toni Duglas, «Real Madrid» sobiq o‘yinchisi Michel Salgado hamda Sareem taksi servisi va Souq.com elektron tijorat platformasi asoschilari birinchilardan bo‘lib BAA pasportini olgan.
Birlashgan Arab Amirliklari mahalliy kompaniyalarda ishlaydigan boy xorijliklarga fuqarolik berishni boshladi, deb yozmoqda Financial Times.
Oxirgi oylarda o‘nlab xorijliklarga fuqarolik berilgan. FT manbalarining so‘zlariga ko‘ra, Emirates aviakompaniyasi prezidenti Tim Klark, Etihad Airways bosh direktori Toni Duglas, Dubayda futbol klubi ochgan «Real Madrid» sobiq o‘yinchisi Michel Salgado hamda Sareem taksi servisi va Souq.com elektron tijorat platformasi asoschilari birinchilardan bo‘lib BAA pasportini olgan.
BAA hukumatining yangi siyosati xorijlik ishchi kuchiga nisbatan avvalgi yondashuvdan butkul farq qiladi: ilgari xorijlik ishchilar shartnoma tugashi bilan mamlakatni tark etishi lozim edi, deb yozadi FT.
Endilikda BAA hukumati boy xorijliklarni mamlakatda ko‘proq qolishga undamoqchi, deya qayd etadi nashr.
«Biz odamlar Abu-Dabini o‘z uylari deb atashlarini istaymiz», — dedi BAA poytaxti iqtisodiy rivojlanish departamenti raisi Muhammad Al Shorafa Al Hammadiy.
FT nashri suhbatdoshlaridan birining so‘zlariga ko‘ra, yangi qoida «yarim asrga» joriy etiladi. Bundan tashqari, hukumat xorijlik minglab malakali mutaxassislar va ularning oilalariga 10 yillik «oltin viza» berishni mo‘ljallamoqda.
Mavzuga oid
22:27 / 19.05.2025
Rossiya BAAga salkam 400 kg chuvalchang jo‘natdi
18:41 / 16.05.2025
Suriya Rossiyani Tartus portidan chiqarib yubordi va uni BAAga topshirdi
11:02 / 16.05.2025
Trampning BAAga tashrifi: 1,4 trillionlik va’da va AQSh tashqarisidagi eng yirik AI markazi
03:00 / 08.05.2025