Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda «tibbiyot brigadalari» uchun 20 mingta o‘rta tibbiyot xodimlari shtati ajratiladi
Prezident “Sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish va tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida”gi farmonni imzolaydi.
Oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarda “tibbiyot brigadalari” faoliyatini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalar tomonidan aholiga yanada sifatli tibbiy xizmatlar ko‘rsatish qamrovini kengaytirish uchun 2021 yil 1 iyuldan boshlab 10 mingta, 2022 yil 1 yanvardan boshlab esa yana qo‘shimcha 10 mingta o‘rta tibbiyot xodimlari shtatlari ajratiladi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi:
Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda 2021 yil 1 iyunga qadar oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar hamda tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalar ehtiyojidan kelib chiqib, ularning yangilangan shtat normativlarini tasdiqlaydi;
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va yetakchi xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda, 2021 yil 1 avgustga qadar o‘rta tibbiyot xodimlari maqomini oshirish nuqtayi nazaridan ularning malaka talablari, vazifalari, vakolatlari, javobgarligi, ixtisoslik yo‘nalishlarini kengaytirish, lavozimlarini, shuningdek, o‘quv dasturlari va rejalarini to‘liq qayta ko‘rib chiqqan holda, o‘rta tibbiyot xodimlarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtiradi va uni 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab to‘liq joriy qiladi.
Mavzuga oid
09:57 / 06.05.2022
Toshkent shahar bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi tashkil etildi
20:14 / 05.05.2022
Buloqboshi tumanida tug‘ruq jarayonidagi chaqaloq o‘limi bo‘yicha mas’ullar lavozimidan ozod etildi
19:30 / 05.05.2022
O‘zbekistonda tez yordam chaqiruvlari rivojlangan davlatlardagidan 6-7 baravar ko‘pligi aytildi
19:22 / 05.05.2022