Jamiyat | 13:52 / 05.05.2021
6869
2 daqiqa o‘qiladi

“Qizim uchun jigarim emas, jonimni ham berishga tayyorman” – Turkiyada murakkab vaziyatda qolgan oila yordamga muhtoj

Hech bandani farzandi bilan sinamasin ekan. Ayniqsa otalarning qizlariga bo‘lgan mehri o‘zgacha bo‘ladi va ular farzandining bir barmog‘i og‘rishiga ham chiday olmaydi. 13 yoshli Samiraning otasi Rustam Ishniyazov o‘z jigarining bir qismini qiziga ko‘chirib o‘tkazish uchun ayni damda Turkiyada bo‘lib turibdi.

“Samira qizim 7 yoshida ilk operatsiyasini o‘tkazgan va shundan buyon uzluksiz davolanib keladi. Portal gipertenziya tufayli tomirlarda muammolar boshlandi. Taloq va qizilo‘ngachlari operatsiya qilindi, talog‘i butunlay olib tashlandi. Ammo bular qizimni kutayotgan sinovlar oldida hech narsa emas ekan. Ayni paytda qizim jigar ko‘chirib o‘tkazishga muhtoj va men donor bo‘lishim kerak. Hozir ko‘zimga o‘zimning sog‘ligim ham, hayotim ham ko‘rinmayapti. Farzandim uchun nafaqat jigarim, jonimni ham berishga tayyorman. Shu bolam eson-omon sog‘ayib yurtimizga qaytsa bas.

Arzirli narsalarimizni sotib, saxovatli insonlar ko‘magida 40 ming dollar to‘plab, Turkiyaga kelgandik. Ammo bu yerdagi tekshiruvlar natijasida operatsiya va davolanishlar uchun 70 ming dollar zarurligi ma'lum bo‘ldi. Endi men bu mablag‘ni qayerdan olaman?..

Samira to‘ng‘ich farzandim, 10 va 2 yoshli singillari bor va ular telefonda “Opa, qachon kelasiz?” deb so‘rab turganlarida yuragim eziladi. Ramazon kunlarida saxiy insonlar ko‘magiga nihoyatda muhtojman”, – deydi Samiraning otasi Rustam Ishniyazov biz bilan suhbatda.

Umid qilamizki, savob egalari bu oilaga ham yordam qo‘lini cho‘zadilar va Samira singillari bag‘riga sog‘ayib qaytib keladi.

Samira Ishniyazovaga tegishli ma'lumotlar (kartalar onasi Feruza Ishniyazova nomida):

Uzcard: 8600 0610 9622 5858

Visa: 4032 6261 4070 0473

Telefon raqamlari:

+905013191229 (Turkiya)

+998946531169 (O‘zbekiston)

 Abror Zohidov

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid