Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda «Captiva» va «Nexia» ishtirokidagi ayanchli YTHda bir kishi vafot etdi
Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida «Captiva» va «Nexia» ishtirokidagi ayanchli yo‘l-transport hodisasida bir kishi vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 1 may kuni soat 16:45larda davlat ahamiyatidagi 4R55 «Mitan — Qo‘shrabot — Nurota» avtomobil yo‘lining 35-kilometrida inson o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. «Nexia» haydovchisi qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, o‘z yo‘lida harakatlanib kelayotgan «Captiva» mashinasiga borib urilgan.
Oqibatda kasbi shifokor bo‘lgan «Nexia» haydovchisi va unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan shaxslar og‘ir tan jarohatlari olib, shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tez tibbiy yordamga qaramasdan, «Nexia» haydovchisi shifoxonada vafot etgan.
Mavzuga oid
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
20:21 / 24.05.2025
«So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlarida avtomobil boshqargan o‘quvchilar aniqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
18:17 / 19.05.2025