Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
5 ta viloyatda qishloqlar sharoiti yaxshilanadi
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida qishloqlar infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha 184 mln dollarlik loyiha boshlandi. Bu mablag‘ning 99 foizi – tashqi qarz.
Andijon, Farg‘ona, Namangan, Jizzax va Sirdaryo viloyatlaridagi 306 ta qishloqda «Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish» loyihasi amalga oshirilmoqda. Bu haqda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Kun.uz'ga ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, loyiha prezident qarori va vazirlik tashabbusi bilan qishloqlar infratuzilmasini yaxshilash maqsadida boshlangan. Bunda aholini ichimlik suvi bilan ta'minlash, elektr va gaz ta'minoti loyihalari, boshlang‘ich va o‘rta maktablar, bog‘chalarni ta'mirlash ko‘zda tutilgan.
Loyihaning umumiy qiymati 183,6 mln dollarni tashkil etadi.
Shundan 100 mln dollari (54,5 foiz) Jahon bankidan jalb qilingan kredit, 82 mln dollari (44,6 foiz) Osiyo infratuzilmasiga investitsiya bankidan olingan qarzlar va 1,6 mln dollari (0,9 foiz) davlat budjetidan yo‘naltiriladi.
Ma'lum qilinishicha, ayni paytda loyiha doirasida Paxtaobod tumani «Sohil» MFYda 264 o‘rinli yangi zamonaviy maktab qurilishi boshlandi.
Shuningdek, Baxmal tumani «Saroy» MFY hududida mavjud ta'mirtalab maktabni 220 o‘rinli zamonaviy arxitektura talablariga asosan rekonstruksiya qilish ishlari start olgan.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida jamoat safarbarligi ishlarini amalga oshirish maqsadida tender jarayonlari yakunlandi.
Vazirlikka ko‘ra, loyiha 2024 yilda yakunlanadi.
Mavzuga oid
16:35 / 12.04.2025
“Qishloqda yashab ham kam bo‘lmadik” - qo‘shtepalik bog‘bon
10:35 / 20.03.2025
O‘zbekistonda qishloq joylarda tug‘ilish ko‘proq ekani ma’lum bo‘ldi
12:20 / 06.03.2025
Ko‘changiz asfalt qilinmagan, ichimlik suvi va kanalizatsiya yo‘qmi? Bu haqda Telegram orqali xabar bering
16:46 / 29.01.2025