Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon shahri hokimiga shahar bedarvozami? Adliya vazirligi uning yana bir qarorini g‘ayriqonuniy deb topdi
Prezident qarori, Shaharsozlik kodeksi va Andijon shahar bosh rejasiga zid ravishda yer uchastkasini ajratish to‘g‘risidagi hokim qarorini bekor qilish yuzasidan taqdimnoma kiritilgan. Holat adliya organlari va viloyat hokimligining ishchi guruhi tomonidan o‘rganilmoqda. 2020 yil oktyabr oyida ham Andijon shahar hokimining auksionsiz yer ajratib berish to‘g‘risidagi qarori noqonuniy deb topilgan edi.
Andijon shahar hokimi Bahrom Haydarovning ta'sis etilganiga endi 1 oy bo‘lgan firmaga shahar markazidan 14 sotix yer uchastkasini to‘g‘ridan to‘g‘ri ajratib berish to‘g‘risidagi qarori qator sabablarga ko‘ra g‘ayriqonuniy bo‘lishi mumkinligi, bundan tashqari u mahalliy kengash deputatlarining kvorumi bo‘lmagan holda tasdiqlangani xabar qilingandi.
Adliya vazirligi mazkur maqolaga rasmiy munosabat bildirdi.
Vazirlik ma'lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan Andijon shahar adliya bo‘limi tomonidan 2021 yil 5 may kuni shahar hokimining 80k-sonli qarorida ko‘rsatilgan yer ajratishdagi qonunbuzilishlarni bartaraf etish yuzasidan taqdimnoma kiritilgan.
Shuningdek, xalq deputatlari Andijon shahar kengashining 2021 yil 30 aprel kuni bo‘lib o‘tgan 19-sessiyasida shahar hokimining 80k-sonli qarori deputatlar tomonidan tasdiqlanganining qonuniyligi, vakolatliligi, ushbu qurilish obektini qurish ishlari bajarilishi mumkinligi yuzasidan Andijon shahar adliya bo‘limi tomonidan o‘rganishlar o‘tkazilmoqda.
Bundan tashqari, Andijon shahar adliya bo‘limi tomonidan 2021 yil 19 aprel kuni qonun va boshqa normativ huquqiy hujjatlarni qo‘llash bo‘yicha Andijon shahar hokimiga, Davlat kadastr palatasi Andijon shahar filialiga va Andijon shahar qurilish boshqarmalariga huquqiy maslahat hamda ogohnomalar kiritilgan.
Shuningdek, mazkur holat Andijon viloyati hokimligida tuzilgan ishchi guruh tomonidan o‘rganilmoqda. O‘rganishlar yakuni bo‘yicha to‘liq axborot berilishi ma'lum qilinadi, deyiladi viloyat hokimligi axborot xizmati bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, Bahrom Haydarov 2020 yil 11 sentyabrdagi 403-q-son qarori bilan shaharning 6-tor X.Niyoziy ko‘chasi 14-maydon 200 kvadrat metrdan iborat yer maydonini yakka tartibda uy-joy qurish uchun amaldagi qonun hujjatlariga zid ravishda ajratib bergan edi.
Hokimning qonun hujjatlariga zid bo‘lgan 403-q-son qarori o‘shanda viloyat adliya boshqarmasining taqdimnomasi hamda shahar prokurorining protesti asosida 19 oktyabrdagi 444-q-son qaror bilan bekor qilingan.
Kun.uz voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.
Mavzuga oid
22:14 / 27.05.2025
«Nasaf» «Andijon»ni mag‘lub etib, O‘zbekiston Superkubogi egasi bo‘ldi
23:01 / 26.05.2025
Andijonda daraxt Cobalt ustiga qulab tushdi
19:26 / 26.05.2025
Andijonda tanishlari orqali 100 ming dollar kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
07:50 / 24.05.2025