Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Filippin prezidenti politsiyaga niqob taqmaganlarni qo‘lga olishni buyurdi
Xususan, niqobni noto‘g‘ri taqqanlar – og‘iz-burnini berkitmasdan jag‘iga tushirib olganlar ham politsiya tomonidan ushlanadi.
Filippin prezidenti Rodrigo Duterte politsiyaga niqob taqmaganlarni qo‘lga olishni buyurdi.
"Politsiyaga niqob taqmaganlarni qo‘lga olish va ular nima uchun bunday qilayotganini aniqlash topshirig‘ini berdim", - deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Osiyodagi OAV.
Xususan, niqobni noto‘g‘ri taqqanlar – og‘iz-burnini berkitmasdan jag‘iga tushirib olganlar ham politsiya tomonidan ushlanadi.
"Bu mamlakatimiz manfaati, boshqalarga kasallik yuqtirmasligingiz va o‘zingizga ham kasallik yuqmasligi uchun", - degan Duterte.
Pandemiya boshlanganidan buyon Filippinda 1 mln nafardan ortiq inson koronavirus yuqtirgan, 17 mingdan ortiq bemor vafot etgan.
Mavzuga oid
18:35 / 13.05.2025
Xalqaro jinoiy sud orderi bilan hibsga olingan Filippin sobiq prezidenti mahalliy saylovlarda g‘alaba qozondi
01:24 / 02.05.2025
Filippinda yuz bergan YTHda 10 kishi halok bo‘ldi
22:58 / 27.04.2025
Xitoy Filippin yaqinidagi bahsli kimsasiz orolni egallab oldi
22:37 / 08.04.2025