Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyaning tahdididan so‘ng Britaniya Jyersi oroliga kemalar jo‘natmoqda
Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Jyersi oroli bosh vaziri Jon Le Fondre va tashqi ishlar vaziri Yan Gorst bilan muloqoti chog‘ida orolni qo‘llab-quvvatlashini ta'kidlagan.
Fransiya Jyersi orolini elektr ta'minotisiz qoldirish haqida tahdid qilganidan so‘ng Buyuk Britaniya orolga ikkita patrul kemasini jo‘natmoqda. Bu haqda Britaniya hukumati bayonotida ma'lum qilindi.
Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Jyersi oroli bosh vaziri Jon Le Fondre va tashqi ishlar vaziri Yan Gorst bilan muloqoti chog‘ida orolni qo‘llab-quvvatlashini ta'kidlagan.
«Har qanday qamal o‘zini mutlaqo oqlamaydi», — degan u.
Bi-bi-si xabariga ko‘ra, orolga HMS Severn va HMS Tamar patrul kemalari jo‘natiladi.
Jyersi oroli Fransiyaning shimoliy sohilidan 23 km va Buyuk Britaniya janubiy sohilidan 140 km masofada joylashgan. U Buyuk Britaniya qirolligi mulki hisoblanadi, ammo Birlashgan qirollik tarkibiga kirmaydi.
Avvalroq Fransiya ushbu hududda baliq ovlash qoidalari o‘zgargani sababli orolga elektr energiyasi berishni to‘xtatishi mumkinligini bildirgandi. Parijning fikricha, orol sohillari yaqinida fransuz kemalarining baliq ovlashi taqiqlanishi Brexit to‘g‘risidagi kelishuvga zid.
Jyersi rahbariyati Buyuk Britaniya va YeI o‘rtasidagi savdo kelishuviga muvofiq yangi qoidalar joriy etgan. Qoidalarga ko‘ra, fransuz kemalari egalari ushbu hududda ilgari baliq tutish bilan shug‘ullanganini tasdiqlashi lozim. Shundan so‘nggina Jyersi hukumati ularga litsenziya beradi.
Fransiya dengiz vaziri Annik Jirarden Parij bunga qarshi javob choralarini ko‘rishi mumkinligini aytgan.
U Fransiyadan orolga elektr yetkazib beruvchi suvosti kabelini eslatgan va kerak bo‘lsa, elektr uzatish to‘xtatilishini aytgan. Reuters agentligining ma'lumot berishicha, Jyersi 95 foiz elektr energiyasini Fransiyadan oladi.
Mavzuga oid
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
09:22 / 23.05.2025
Britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga jalb qilinadi
10:39 / 20.05.2025
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi
15:18 / 18.05.2025