Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda koronavirus yuqtirish holatlari soni 21 milliondan oshdi
4 may kuni koronavirus yuqtirish holatlari soni 20 millionga yetgandi.
Hindistonda ikkinchi marta 400 mingdan ortiq sutkalik koronavirus yuqtirish holatlari qayd etildi. Pandemiya boshlanganidan buyon koronavirus yuqtirganlar soni 21 mln 77 ming 410 nafarga yetdi.
Hindistonda 4 may kuni koronavirus yuqtirish holatlari soni 20 millionga yetgandi.
Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, 6 may kuni 412 262ta holat qayd etildi, deb xabar beradi Times of India. 1 may kuni 401 993ta holat aniqlangandi.
Kasallik holatlari soni bo‘yicha Hindiston AQShdan keyin ikkinchi o‘rinda turibdi.
Mamlakatda tibbiy kislorodga bo‘lgan talab aprel oyidagiga nisbatan yetti baravarga oshgan.
O‘tgan haftada AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya va boshqa mamlakatlar Hindistonga dori-darmon, testlar va boshqa tibbiy jihozlar jo‘natishni boshladi.
Mavzuga oid
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi
21:32 / 21.05.2025