Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzax viloyatining 351 ta umumta'lim maktabida 2 smenada darslar olib boriladi
2020-2021 o‘quv yilida Jizzax viloyatida joylashgan 198 ta maktabda darslar bir smenada, 351 ta maktabda ikki smenada va 1 maktabda qo‘shimcha navbat asosida olib borilmoqda. Bu haqda viloyat xalq ta'limi boshqarmasi Kun.uz’ga ma'lum qildi.
Hozirda viloyatda faoliyat yuritayotgan 550 ta maktabda 11 ming 643 ta sinf bo‘lib, bir smenali shaklda o‘qiyotgan sinflar 5 ming 342 ta, o‘quvchilar soni 119 ming 110 nafarni tashkil qiladi. Shuningdek, ikki smenali shaklda 6 ming 283 ta sinf va unda 139 390 ming o‘quvchi ta'lim olmoqda.

Ma'lumot uchun, bugungi kunda viloyatda maktab o‘quvchilari soni 259 009 nafarni tashkil etadi. Shundan 124 ming 292 nafar o‘g‘il va 125 ming 717 nafar qiz bolalardir.
Avvalroq, Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov O‘zbekiston maktablarida o‘rinlar soni o‘quvchilar sonidan 1 milliontaga kamligi va maktablarning 70 foizida o‘qish 2 smenada tashkil etilganligi haqida aytib o‘tgan edi.
Mavzuga oid
09:40 / 20.03.2025
Jizzaxda yuk mashinasi va mikroavtobus to‘qnashdi. Qurbonlar bor
17:43 / 27.02.2025
Jizzax viloyati soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
14:10 / 20.02.2025
O‘quvchilarni tartibga chaqirgan “zo‘ravon rais” - Qoziroboddagi maktabda o‘zi nima bo‘ldi?
18:06 / 19.02.2025