Jamiyat | 22:43 / 06.05.2021
8786
2 daqiqa o‘qiladi

Qumqo‘rg‘onga sel kelishi natijasida bog‘cha bolalari evakuatsiya qilindi

Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumani Bog‘aro mahallasida sodir bo‘lgan toshqin natijasida 50 ta na'munaviy uyning bir qismi, hududdagi "Kamalak" bolalar uy bog‘chasi, maktabga olib boruvchi yo‘lda sel toshqini yuz bergan.

Bog‘cha bollari o‘z vaqtida fuqarolar tomonidan evakuatsiya qilingan.

Bog‘aro mahallasi fuqarolari bilan bog‘langan Kun.uz muxbiriga ma'lum qilinishicha, mahalla hududidan o‘tuvchi kanal o‘zani to‘sib qo‘yilishi toshqinga sabab bo‘lgan.

Avvalroq fuqarolar kanalning o‘zanini ochishni so‘rab hokimlikka bir necha bor murojaat qilishgan. Natijada kanal qazilgan. Ammo oradan ko‘p vaqt o‘tmay o‘zan yana to‘silgan.

Qumqo‘rg‘on tuman hokimi o‘rinbosari Murod Qultoyev ham shu hududdagi xonadonda istiqomat qiladi. Uning uyi tegishli tashkilotlar xodimlari tomonidan toshqin natijasida oqib kelgan loy va chiqindilardan tozalangan.

Qumqo‘rg‘on tuman hokimi Rahmatilla G‘afforov toshqin yuz bergan mahallani borib ko‘rgan.

Ma'lum bo‘lishicha, hududda kanalizatsiya o‘rnatilmagan. Ko‘chalarga asfalt yotqizilmagan. Namunaviy uy-joylar qurilishidan oldin hududga sel kelish havfi hisobga olinmagan.

Ma'lumot uchun, 2018 yilda ham Bog‘aro, Chashga, Azlarsoy mahallalariga bahorgi yog‘ingarchilik sabab katta sel kelgan va fuqarolarga konpensatsiya pullari to‘lab berilgan.

Mavzuga oid